15 fev 09:17
Yangiliklar
Dzyudo
European Open 2026. Medallar jamg'arish bo'yicha 1-o'rindamiz!
Xabar berganimizdek, Sloveniyada o'tkazilayotgan Evropa Kubogi (European Open 2026)ning birinchi kungi bahslarida O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bu bilan Aleksey Budolin boshchiligidagi terma jamoamiz medallar jamg'arish bo'yicha dunyoning 44 davlati orasida peshqadamga aylanib oldi. Kuchli uchlikda Sloveniya va Vengriya terma jamoalari joylashgan. Keyingi pog'onalarda Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog'iston, Serbiya, Turkiya delegaciyalari bormoqda.
Bugun Evropa Kubogining ikkinchi kuni o'rta va og'ir vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar