14 jan 13:40
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/26649_220.jpg)
“Everton” 58 yillik antirekordni yangiladi
“Everton” klubi Angliya chempionatining 23-turida “Tottenxem” jamoasiga 0:4 hisobida yutqazib qo'ydi.
Bu bilan mersisaydliklar yillik taqvimning dastlabki uchta uchrashuvida ketma-ket mag'lubiyat alamini totib ko'rishdi. So'nggi bor bunday holat 1960-yilgi mavsumda qayd etilgandi.
“Everton”ning mag'lubiyatlar seriyasi 4ta o'yinga etdi. Jamoa 30 dekabr kuni “Bornmut” (1:2), 1 yanvarda – “Manchester Yunayted”ga (0:2), 5 yanvar sanasida Angliya Kubogi doirasida hamshahri “Liverpul” klubiga yutqazib (1:2) qo'ygandi.
Malumot uchun, “Everton” 23-turdan so'ng 27 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Fikrlar