30 jan 14:02
Yangiliklar
Futbol
"Everton" va "Manchester Yunayted" kelishib oldi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek "Everton"ga o'tishga yaqin turibdi.
Mersisaydliklar 24 yoshli futbolchining mavsum yakuniga qadar ijarasi borasida mankunianliklar bilan kelishib olgan. Unga ko'ra, "Everton" futbolchining maoshini to'liqligicha o'zi qoplaydi.
Biroq van de Bek haligacha o'zi bir qarorga kelmagan. Ayni damda unga "Kristal Pelas" ham davogarlik qilmoqda. Ushbu mavsumda Donni APLning 8 o'yinida qatnashib, 1 ta gol urdi.
Havola :
Fikrlar