14 dek 09:40
Yangiliklar

“Everton”dan irodali g'alaba, chempion “Bornmut”ga mag'lub bo'ldi
Turning markaziy uchrashuvida “Everton” va “Arsenal” jamoalari maydonga tushishdi. O'yinda Ronald Kuman boshchiligidagi mezbonlar irodali g'alabaga erishishdi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Aleksis Sanches jarima to'pini ajoyib zarbasi bilan golga aylantirdi. 44-daqiqada Koulmen chap qanotdan uzatib berilgan to'pni boshi bilan CHex qo'riqlayotgan darvozaga aniq yo'lladi.
O'yin tugashiga to'rt daqiqa qolganida “Everton” azosi Uilyams “Gudison Park”ka yig'ilgan minglab muxlislarga quvonch ulashuvchi golga muallifliq qildi - 2:1, “Arsenal”ning mag'lubiyati.
Turning yana bir uchrashuvida mamlakatning amaldagi chempion “Lester” safarda “Bornmut”ga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Mezbonlarga g'alaba keltirgan to'pni 34-daqiqada Mark Pyu kiritdi.
Angliya chempionati, 16-tur.
“BORNMUT” – “LESTER” 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 34 Pyu.
“Bornmut”: Boruc, Kuk, Ake, Deniels, Smit, Pyu, Uilsher, King (Gosling, 79), Arter, Frensis, Afobe (Uilson, 68; Mingz, 90).
“Lester”:Ciler, Morgan, Fuks, Ernandes, Xut (Uloa, 82), Amarti, King, Olbrayton (Musa, 74), Marez, Vardi, Slimani (Okadzaki, 46).
Ogohlantirish: King (36), Morgan (83), Ernandes (87).
EVERTON – ARSENAL 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Sanches, 1:1 – 44 Koulmen, 2:1 – 86 Uilyams.
“Everton”: Stekelenburg, Jagelka, Beyns, Koulmen, Uilyams, Makkarti (Funes Mori, 90), Guye, Barkli, Lennon (Miralyas, 68), Valensiya (Kelvert-Lyuin, 79), Lukaku.
“Arsenal”: CHex, Gabriel, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-CHemberlen (Ivobi, 71), Koklen (Peres, 88), Uolkott (Jiru, 71), Ozil, Sanches, Jaka.
Ogohlantirish: Jagelka (18), Makkarti (42), Koselni (84).
CHetlatish: Jagelka (90).
Fikrlar