14 iyu 07:21
Yangiliklar
Futbol
Evro-2024 ochilish o'yinini kim boshqarishi malum
Bugun tunda Evro-2024 ochilish uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Germaniya va SHotlandiya terma jamoalari o'rtasidagi ochilish o'yinining bosh hakami etib franciyalik Kleman Tyurpen tayinlandi. Unga qanotlarda Nikolya Dano va Benjamen Paj yordam beradi. Zaxira hakami — Fransua Letekse. "VAR"da — Jerom Brizar.
Uchrashuv Myunxen shahrida bo'lib o'tadi va O'zbekiston vaqti bilan soat 23:59da start oladi.
Havola :
Fikrlar