16 fev 16:28
Yangiliklar
Dzyudo
Evropa Kubogi. Beshta medal bilan 44 davlat orasida ikkinchi bo'ldik!
Sloveniya poytaxti Lyublyana shahri mezbonlik qilgan Evropa Kubogi yakunlandi.
Nufuzli musobaqaning ikkinchi kuni dzyudochilarimizdan Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Tangriev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
SHu tariqa, Aleksey Budolin bosh murabbiyligidagi O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Evropa Kubogini 2 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan 44 davlat orasida umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinda yakunladi.
Birinchi kungi bellashuvlarda Samariddin Qo'chqorov (-60 kg) va Dilshod Hamroev (-66 kg) chempionlik shohsupasiga ko'tarilgan bo'lsa, Elbek Tojiev (-73 kg) bronza medali bilan taqdirlangandi.





Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar