04 may 07:21
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/38019_220.jpg)
Evropa Ligasi. “Atletiko” “Arsenal”ni mag'lub etib, finalga chiqdi
Evropa Ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida “Atletiko Madrid” klubi o'z maydonida “Arsenal”ni qabul qildi.
Jamoalar birinchi o'yinda 1:1 hisobidagi durangga rozi bo'lishgan edi. Javob o'yinida esa Diego Kostaning birinchi bo'lim so'nggida kiritgan goli “Atletiko”ni Evropa Ligasi finaliga olib chiqdi.
“Atletiko” — “Arsenal” 1:0
Gol: 1:0 – 45 Diego Kosta.
“Atletiko”: Oblak, Godin, Ximenes, Lyuka Ernandes, Vitolo (Korrea, 74), Parti (Savich, 90), Saul, Gabi, Koke, Diego Kosta (Torres, 83), Grizmann.
“Arsenal”: Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni (CHembers, 12), Uilsher (Mxitaryan, 68), Jaka, Remzi, Ozil, Uelbek, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Uilsher (42), Gabi (52), Monreal (58), Saul (71), Diego Kosta (78), Mustafi (78).
Havola :
Fikrlar