01 iyu 16:02
Yangiliklar
Boshqalar

Evropa o'yinlari: MDH davlatlari kuchli uchlikni bo'lib olishdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida ikkinchi Evropa o'yinlari yakunlandi.
Qiziqarli kechgan bahslarda, medallar jamg'arish bo'yicha Rossiya terma jamoasi birinchi o'rinni egalladi. Musobaqalarda rossiyaliklar jami 109 ta medal qo'lga kiritishdi. SHundan 44 tasi oltin medallardir. Ikkinchi o'rindan mezbonlar - Belarus terma jamoasi 24 ta oltin, 16 ta kumush, 29 ta bronza medali bilan joy olgan. Kuchli uchlikka ukrainalik sportchilar yakun yasashgan. Ularning hisobida 16 ta oltin, 17 ta kumush, 18 ta bronza medali bor.
SHu tariqa, 20 iyundan - 1 iyulga qadar davom etgan ikkinchi Evropa o'yinlariga yakun yasaldi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar