10 okt 17:17
Yangiliklar
Eshkak eshish

Evropalik mutaxassis sportchilarimiz uchun seminar o'tkazadi
Sentyabr oyining ilk kunlarida Avstriyada akademik eshkak eshish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi jahon chempionati o'tkazildi.
Afsuski, terma jamoamiz vakillari ushbu musobaqada omadsizlikka uchrab, licenziya qo'lga kirita olmagan edilar. Endi vakillarimiz oldida kelasi yil Osiyo qitasi uchun o'tkaziladigan kvalifikacion musobaqa qoldi xolos.
Vaziyat sportchilarimizni ushbu musobaqaga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko'rishini talab etadi. Milliy olimpiya qo'mitasining tashabbusi bilan ertadan akademik eshkak eshish bo'yicha terma jamoamiz azolari uchun seminar tashkil etiladi.
Ushbu seminar slovakiyalik mutaxassis Yansha Milosh tomonidan o'tkaziladi. 3 kun davom etadigan mazkur kurs atletlarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarliklarini yaxshilash bo'yicha tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar