29 may 07:20
Yangiliklar
Futbol

Evropaning 2019 yildagi eng qimmat klublari reytingi: "Real" peshqadam, "Barselona" kuchli uchlikda ham yo'q
KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi Evropaning 2019 yildagi eng qimmat klublari reytingini tuzib chiqdi.
Tadqiqotlar natijasiga ko'ra, Madridning «Real» klubi birinchi o'ringa loyiq ko'rilgan. Qayd etilishicha, «qirollik klubi»ning umumiy narxi 3 mlrd. 224 mln.ni tashkil qiladi. Bu o'tgan yilgiga nisbatan 10 foizga ko'p demakdir. Ikkinchi o'rinda «Manchester Yunayted» (3,207 mlrd. evro) hamda undan keyingi pog'onaga esa «Bavariya» (2,696 mlrd.) joylashtirilgan.
Umumiy reyting esa quyidagicha ko'rinish olgan:
1. «Real» – 3,224 mlrd. evro
2. MYU – 3,207
3. «Bavariya» – 2,696
4. «Barselona» – 2,676
5. «Manchester Siti» – 2,460
6. «CHelsi» – 2,227
7. «Liverpul» – 2,095
8. «Arsenal» – 2,008
9. «Tottenxem» – 1,679
10. «Yuventus» – 1,548
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar