13 okt 13:52
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/46719_220.jpg)
"Eybar" jamoasi Toshkentga etib keldi, ertaga o'yin
Joriy yilning aprel oyida O'zbekiston Professional futbol ligasi Ispaniya La ligasi bilan ikki tomonlama yaqindan hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishgandi.
Mazkur hamkorlik doirasida, bugun 13 oktyabr kuni Ispaniya Primerosida ishtirok etayotgan “Eybar” klubining U-15 jamoasi yurtimizga tashrif buyurdi. Islom Karimov nomidagi "Toshkent Xalqaro aeroprti"da "Eybar" jamoasini bir guruh futbol muxlislari kutib olishdi.
Ertaga, 14 oktyabr kuni Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentda “Eybar” klubining U-15 jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. O'yin TTYMI stadionida soat 15:00da start oladi.
Havola :
Manba : ufa.uz
Fikrlar