24 noy 18:59
Yangiliklar

"Eybar" o'z uyida "Real"ga javobsiz uchta gol urdi
Mo'jazgina «Munisipal de Ipurua» stadionida kechgan uchrashuvda kutilmagan natija qayd etildi. Sakkizta o'yindan beri g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Eybar" Madridning "Real" klubini yirik 3:0 hisobida mag'lub etdi.
"Qirollik klubi" 20 ochko bilan 6-o'rinda qoldi. Agar bugun Solari shogidlari g'alaba qozonganida vaqtincha bo'lsa-da 2-o'ringa ko'tarilib olishi mumkin edi. Bugungi g'alaba "Eybar"ni 18 ochko bilan 7-o'ringa olib chiqdi.
Eybar – Real Madrid 3:0
«Munisipal de Ipurua»
Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike.
Eybar – Riesgo, Kukurelya, Ramis, Paulu Oliveyra, Penya, Orelyana (Alvares, 83), Eskalante, Jordan, Xose Anxel, Enrik (SHarles, 74), Kike (De Blasis, 88).
Real Madrid – Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 54), Ramos, Modrich (Isko, 63), Kroos, Asensio (Vinisius Junior, 74), Sebalos, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kukurelya (33), Jordan (36), Beyl (44).
Fikrlar