So’nggi yangiliklar

17:32Стол теннисчиларимиз “WTT Youth Contender” турнирида 4 та медални қўлга киритишди 0 16:45Гусков: "Анкалаев ҳам оддий инсон" 0 16:00Расман: Юрген Клопп — Германия терма жамоаси янги бош мураббийи 0 15:10Гусков ҳам, Темиров ҳам ўз вазнида. UFC Fight Night 282 турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:26Мария Тимофеева дунёнинг 40-ракеткаси олдида ожиз қолди 0 13:45Гусков нокаут қилиши мумкин - Анкалаев шундай фикрда! 0 12:29ЖЧ-2026нинг энг яхши футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқиши мумкин 0 11:54Богдан Гусков: "Бу нарсаларнинг ҳеч бири мен учун янгилик эмас" 0 11:09Россиядан маҳаллийлаштирилган икки фигурали учувчимиз Хитой Гран-присида иштирок этади 0 10:25Анкалаев Гусков устидан ғалаба қозонса, кейинги тақдири қандай кечишини тахмин қилди 0 09:42Мориясу 2027 йилда Япония терма жамоаси бош мураббийлигини тарк этади. Янги бош мураббий номи ҳам маълум 0 09:04Мовсар Евлоев ACBJJ билан шартнома имзолади 0 08:27Никита Цветков Италиядаги халқаро турнирда икки марта шоҳсупадан ўрин олди 0 19:34Арманистон. Музаффаров финалга йўл олди, Холдаровда эса... 0 18:30Расман: “Барселона” Адейеми трансферини эълон қилди 0

06 iyu 10:18
Yangiliklar

SHaxmat

Fabiano Karuana chempion bo'lgan turnirda Nodirbek Abdusattorov nechanchi o'rinni egalladi?

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida o'tkazilgan shaxmat bo'yicha "Grand Chess Tour" seriyasi doirasidagi "Superbet Chess Classic Romania" turniri o'z yakuniga etdi.

O'z ichiga 5 ta turnirni jamlagan ushbu nufuzli shaxmat musobaqasining umumiy mukofot jamg'armasi 1,5 million AQSH dollarini tashkil etadi. Unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov (2766) ham o'z mahoratini namoyish etdi. 

Aytish joiz, Ruminiyadagi turnir hamyurtimiz uchun omadli kechmadi. Grossmeysterimiz 10 ishtirokchi orasida yakunda qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 9-o'rin bilan kifoyalandi. Sakkizinchi pog'onadan joy olgan Uesli So (AQSH, 2757) ham hamyurtimiz singari 4 ochko jamg'ardi. Agar Nodirbek g'alaba qozonganida, kuchli beshlikdan joy olishi ham mumkin edi. 

Kecha o'tkazilgan so'nggi 9-turda Nodirbek qora donalarda turnirda ikkinchi raqam ostida saralangan Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770)ga qarshi bahs olib bordi va yana durangga imzo chekdi. Abdusattorov 9 ta uchrashuvdan 8 tasida raqiblari bilan durang qayd etgani etiborga molik holat. SHaxmatchimizni birgina 2-turda Alireza Firuzdja (Franciya, 2737) mag'lub eta oldi. 

Turnirning birinchi raqamli ishtirokchisi Fabiano Karuana (AQSH, 2805) 9-turda biroz kutilmaganda niderlandiyalik Anish Giriga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uning eng yaqin taqibchilari durang o'ynashgani bois, yakunda to'rt nafar ishtirokchining ochkolari tenglashib qoldi. Bu holatda qoidaga muvofiq 5 tadan ochko jamg'argan ishtirokchilar o'rtasida tay-brek partiyalari o'tkazildi. Uchta uchrashuvning barchasida raqiblarini mag'lub etgan Fabiano Karuana turnir chempioniga aylandi. Amerikalik shaxmatchi kubok bilan birga 100 ming AQSH dollarini ham qo'lga kiritdi. 

Malumot uchun, "Superbet Chess Classic Romania" turnirining mukofot jamg'armasi 350 000 AQSH dollarini tashkil qildi. CHempion Karuana aytib o'tganimizdek, 100 000 dollarni qo'lga kiritdi. 

Turnir ishtirokchilari: Fabiano Karuana (AQSH, 2805), Yan Nepomnyashhiy (FIDE, 2770), Nodirbek Abdusattorov  (O'zbekiston, 2766), Dommaraju Gukesh (Hindiston, 2763), Uesli So (AQSH, 2757), Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston, 2747), Anish Giri (Niderlandiya, 2745), Alireza Firuzdja (Franciya, 2737), Maksim Vashe-Lagrav (Franciya, 2732), Bogdan-Danel Dyak (Ruminiya, 2680).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing