29 iyu 09:17
Yangiliklar
Dzyudo, Parij-2024
FAKT: O'zbek dzyudosi tarixida ilk bor Olimpiada oltin medali qo'lga kiritildi
Kecha dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Diyora Keldiyorova 52 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.
Diyora o'zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi bo'lib Olimpiada g'olibiga aylandi. Dzyudochilarimizdan Armen Bagdasarov (Atlanta-96) va Abdullo Tangriev (Pekin-2008) Olimpiya o'yinlarida kumush, Rishod Sobirov uch marotaba bronza qo'lga kiritgan. SHuningdek, Diyorbek O'rozboev va Davlat Bobonov hisobida ham bittadan bronza medali mavjud.
Hamyurtimiz bu natija orqali o'zbekistonlik ayol sportchilar orasida yozgi Olimpiadalardagi birinchi oltin medalni qo'lga kiritgan sportchiga aylandi. Bungacha o'zbekistonlik ayol sportchilaridan faqatgina trampolindan sakrash bahslarida Ekaterina Xilko (2008 yil, bronza) Olimpiada sovrindori bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar