30 sen 11:25
Yangiliklar
Futbol

Faqat "Malmyo" "Barsa"dan yomon: shvedlarda 0:7, "Barselona"da esa 0:6
"Barselona" ECHL 2-turi doirasida safarda "Benfika"ga 0:3 hisobida yutqazdi.
SHu tariqa, Ronald Kuman jamoasi Evrokubokning dastlabki ikki turida 6 ta gol o'tkazib yuborib, umuman gol ura olmadi.
Guruh bosqichi ishtirokchilari ichida faqatgina "Malmyo" "Barselona"dan yomonroq natija ko'rsatib turibdi. SHved klubi ham ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchragan va gol ura olmasdan, 7 marotaba to'pni o'z darvozasidan olib chiqqan.
"Barselona" 3-turda o'z maydonida Kievning "Dinamo" jamoasini qabul qiladi. "Malmyo" esa safarda "CHelsi"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Havola :
Manba : Opta
Fikrlar