18 iyu 09:23
Yangiliklar
Tennis
Farg'ona “CHellenjer”. Asosiy to'rga qura tashlandi
Bugun Farg'ona shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy to'rga hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov va Farrux Do'stov imtiyozli yo'llanma asosida qo'yildi. Saralash bahslarida ishtirok etgan tennischilarimiz esa mag'lubiyatga uchrashdi.
Qura natijasiga ko'ra Fayziev ilk davrada turnirning beshinchi raketkasi rossiyalik Ivan Nedelkoga, Sultonov ispaniyalik Roberto Ortega-Olmedoga, Do'stov esa belgiyalik Yannik Mertensga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar