18 iyu 14:02
Yangiliklar
Tennis

Farg'ona “CHellenjer”. Sultonov kuchli raqibni taslim etdi
Bugun Farg'ona shahrida tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy to'rga hamyurtlarimizdan Sanjar Fayziev, Humoyun Sultonov va Farrux Do'stov imtiyozli yo'llanma asosida qo'yildi.
Hozirgina yakuniga etgan ilk davra uchrashuvida yosh tennischimiz Humoyun Sultonov reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan ispaniyalik Roberto Ortega-Olmedoni 7:6(8:6), 6:3 hisobida mag'lub etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar