20 iyu 13:25
Yangiliklar
Farg'ona “CHellenjer”. Sultonov o'zidan 442 pog'ona yuqorida turgan raqib bilan uchrashdi
Ushbu musobaqaning sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Asosiy to'rga imtiyozli yo'llanma asosida qo'yilgan hamyurtimiz Humoyun Sultonov ikkinchi davra uchrashuvini o'tkazdi. Uning raqibi ispaniyalik Enrike Lopes-Peres bo'ldi.
Bir soatu 33 daqiqa davom etgan uchrashuvda Humoyun reytingda o'zidan 442 pog'onada joylashgan kuchli raqibga munosib tarzda qarshilik ko'rsatdi. Birinchi set 7:5 hisobida ispan tennischisi foydasiga hal bo'ldi. Ikkinchi set tay-brekka qadar cho'zildi va unda tajribali Peres 7:6(7:3) hisobida zafar quchdi.
Eslatib o'tamiz, dunyo reytingida 629-o'rinni egallab turgan Humoyun ilk bosqichda reytingda o'zidan ancha yuqorida turgan yana ispaniyalik tennischi Roberto Ortega-Olmedoni 7:6(8:6), 6:3 hisobida mag'lub etgan edi.
Fikrlar