11 iyu 18:00
Yangiliklar
Farg'ona “CHellenjer”i asosiy to'rida 5 tennischimiz
Asosiy to'rda 5 nafar tennischimiz ishtirok etadi. Unga ko'ra, Temur
Ismoilov ilk davrada belgiyalik Julen Dubail, Jo'rabek Karimov
turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Aleksandr Kudryavcev, Humoyun
Sultonov serbiyalik Nikola Miloshevich, Sanjar Fayziev 4-raketka
qozog'istonlik Dmitriy Popko, SHonig'matjon SHofayziev franciyalik Sadio
Doumbioga qarshi kortga chiqadi.
Farg'ona “CHellenjer” turnirining birinchi raketkasi sifatida rossiyalik Konstantin Kravchuk qayd etilgan. U dunyo reytingida 109-o'rinni egallab turibdi. Moldovalik Radu Albot ikkinchi raketka bo'lib, ATP reytingida 113-pog'onadan joy olgan.
Musobaqa g'olibi 7,200 dollar mukofot puli hamda 90 reyting ochkosiga ega bo'ladi. Finalchi 4,240 dollar hamda 55 dollarni qo'lga kiritadi. Birinchi davrada kortga chiqqan barcha tennischilar o'z hamyonlarini 520 dollarga boyitib olishadi.
Fikrlar