16 iyu 08:54
Yangiliklar

Farg'onada tennis bayrami boshlanish arafasida, Sabina birinchi raketka!
Ushbu musobaqaning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina SHaripova mos ravishda turnirning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Malumot uchun, Sabina bungacha ketma-ket Namangan va Andijondagi turnirlarda bosh mukofot sohibasiga aylangandi. Farg'onada ham aynan u g'oliblik uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. SHaripova WTA reytingida 144-o'rinda bormoqda.
Yana bir hamyurtimiz Nigina Abduraimova esa turnirning uchinchi raketkasi sifatida ro'yxatdan o'tgan. Ayrim tennischilarimizga asosiy to'rda ishtirok etish uchun vayld-kard, yani imtiyozli yo'llanma taqdim etiladi, qolganlari esa saralash bahslari orqali bu imkoniyatni qo'lga kiritish uchun urinib ko'rishadi.
Fikrlar