So’nggi yangiliklar

10:47Ломаченко қайтмоқда! У мағлубият нималигини билмайдиган боксчига қарши жанг қилиши мумкин 0 10:11UFC 330 турнири иштирокчилари жанглардан қанча гонорар ишлаб олишгани маълум бўлди 0 09:39"Ланс" ПСЖни мағлуб этиб, Франция Суперкубоги соҳибига айланди 0 09:00Хабиб Махачевнинг кечаги ғалабасига илк бор муносабат билдирди 0 08:23Grand Chess Tour: Синдаров 6-турда пешқадамлардан бири Каруана билан ўйнади 0 07:57Махачев Гэрри билан тўқнашув ҳақида: "Бир неча сонияга "юлдузчалар" кўринди" 0 07:32"Башакшехир" мавсумни ғалаба билан бошлади, Шомуродовда гол, Файзуллаевда ассист + ВИДЕО 0 21:20Хабиб Дана Уайтнинг 102 кг вазнга эга экани ҳақидаги баёнотига жавоб қайтарди 0 20:56Рамазон Темиров: "Дуо қилиб туринглар!" + ФОТО 0 20:24"Вазни 102 кг". Дана Уайт Хабибнинг UFC`га қайтиши эҳтимоли ҳақида 0 19:53Ҳакамликдаги инқироз ва ечим: бизга “тийиб туриш” механизми керак! 0 19:27Махачев — Йен Гэрри жанги статистикаси: зарбалар ва аниқлик фоизи, Мачадо 11 та кўпроқ зарба йўллабди 0 18:54Махачев Гэрри билан жангнинг бешинчи раунди олдидан Хабиб унга нима деганини ошкор қилди 0 18:26Бу қизиқ! Дана Уайт бугун Ислам Махачевнинг мағлубиятини кутган экан 0 18:00Судзукининг ПСЖга трансфери барбод бўлиши сабаби маълум 0

16 iyu 19:20
Yangiliklar

Boshqalar

Farg'onada vazir o'rinbosari yoshlar bilan uchrashdi, unda qator muammolarga ijobiy echim topildi

Teglar :  Avaz Karimov
Turizm va sport vaziri o'rinbosari Farg'onada yoshlar bilan uchrashdi, unda qator muammolarga ijobiy echim topildi.

Farg'ona shahridagi Yoshlar ishlari agentligi binosida O'zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining o'rinbosari Avazjon Karimov, viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikaciyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig'i Xurshidbek Ahmedov va sportning turli yo'nalishlarida chempionlikni qo'lga kiritgan yigit-qizlar hamda murabbiylar ishtirokida “Vazir o'rinbosari va yoshlar” uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni viloyat hokimining o'rinbosari Xurshidbek Ahmedov ochib berdi.

Unda vazir o'rinbosari Avazjon Karimov bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar va kelajakda amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar haqida gapirib berdi.

Uchrashuvda so'z olgan yosh chempionlar esa o'zlarini qiynab kelayotgan muammolar va sportni rivojlantirish borasidagi takliflarini o'rtaga tashlashdi.

Bir qator murojaatlar esa joyida hal etilishiga erishilgani tahsinga loyiq. Jumladan, uchrashuvda ish so'rab murojaat qilgan yoshlar, yani Farg'ona shahridan Zarina G'ofurjonova Olimpiya zaxiralari sport kollejiga, Marg'ilon shahridan sportning Penchak silat turi bo'yicha uch karra O'zbekiston chempioni Ozoda Mamasiddiqova 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabiga, Toshloq tumanidan Gulnoza Solieva hamda SHuhrat Haydarovlar esa o'zlari yashab turgan hududdagi BO'SMga ishga qabul qilindi.



SHuningdek, aralash jang sanatlari federaciyasining Farg'ona viloyati bo'limi direktori Oybek Nurmatovning Farg'ona shahridagi 2, 8, 10 hamda 42-sonli umumtalim maktablarida. bepul qo'shimcha to'garaklar ochish to'g'risidagi murojaati yuzasidan sanab o'tilgan umumtalim maktablarida to'garaklar tashkil etish borasida amaliy yordam ko'rsatish bo'yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

MMA, yani aralash jang sanatlari bo'yicha trener Islom Kamoliddinovning Quvasoy shahrida sport zal ajratib berishda amaliy yordam berish to'g'risidagi murojaati yuzasidan unga Quvasoy shahar bolalar-o'smirlar sport maktabining sport zalidan kelishilgan holda beg'araz foydalanishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, viloyat hokimining o'rinbosari Xurshidbek Ahmedov hal etilishi kerak bo'lgan murojaatlarni o'z nazoratiga oldi. Ayniqsa, tadbirda vazir o'rinbosari Avazjon Karimov hamda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari Xurshidek Ahmedovlarning jurnalist va blogerlarga ko'rsatgan etibori ham OAV xodimlariga o'zgacha kayfiyat ulashdi.

So'nggi so'z o'rnida aytish kerak, uchrashuv samimiy va ko'tarinki ruhda o'tdi. Tadbir so'ngida yoshlarga estalik sovg'alari topshirildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing