30 iyu 17:43
Yangiliklar
Farg'onadagi sport zallar ham shifoxonaga aylantirildi
Jumladan, Farg'ona viloyatida ham mazkur kasallik bilan og'rigan bemorlar uchun joriy yilning 1 avgust holatiga ko'ra 12 600 ta zaxira joy tayyorlanishi rejalashtirilgan edi va maqsadga erishildi.
Buning uchun viloyatdagi xususiy shifoxonalar hamda 14 ta katta sport zallarda ham qayta moslashtirish ishlari olib borildi.
Jumladan, Farg'ona, Marg'ilon hamda Qo'qon shaharlaridagi sport talim muassasalarining mavjud sport zallarida shu kunga qadar koronavirus tashxisi qo'yilgan bemorlar uchun jami 805 nafar fuqarolarga tibbiy xizmat ko'rsatish maqsadida davolanish joylari tayyorlandi.
Bemorlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida sport zallar xona-xonalarga bo'linib, har bir xonaga sanitariya ehtiyoj anjomlari va tibbiy jihozlar o'rnatilmoqda. Xususan, 500 dan ortiq kislorod koncentratorlari va IVL apparatlari olib kelindi.
Fikrlar