20 sen 13:00
Yangiliklar
Tennis

Farrux Do'stov Ashxobodda chorak finalga chiqdi
Ashxoboddagi Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan tennischimiz Farrux Do'stov ikkinchi bosqich o'yinida ham g'alaba qozondi.
Vakilimiz ikkinchi o'yinda indoneziyalik David Susantoga qarshi kortga chiqdi. Do'stov bahsda 6:4, 6:4 hisoblarida g'alaba qozondi va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Endi u yarim finalga chiqish uchun qozog'istonlik Denis Evseevga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar