So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

30 jan 16:45
Yangiliklar

Tennis

Farrux Do'stov: Yigitlarda ishonch yuqori, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi biz uchun muhim

Xabar berib o'tganimizdek, 1-2 fevral kunlari poytaxtimizda Devis Kubogi pley-off bosqichi doirasida O'zbekiston hamda Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.

Mazkur bahs oldidan bugun «Sahovat sport servis» sport majmuasida terma jamoa sardorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.

Tadbirning birinchi qismida terma jamoamiz sardori Farrux Do'stov OAV xodimlari savollariga javob qaytardi.

Terma jamoa sardorligi va uchrashuv haqida

Sardorlik men uchun kutilmagan holat bo'ldi. Bunday masuliyat menga ishonib topshirilganidan xursandman. Terma jamoadagi muhitni, ular uchun nima yaxshi – nima yomon ekanligini yaxshi bilaman. Yigitlar bilan birga uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqdamiz, mashg'ulotlar olib boryapmiz. Ularda ishonch yuqori. O'yinga tayyormiz. Biz o'z uyimizda, o'z vatanimizda uchrashuv o'tkazamiz. Muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari biz uchun juda muhim.

Raqiblar haqida

Serbiya jahon miqyosidagi kuchli terma jamoa hisoblanadi. Ular safida dunyo reytingida kuchli yuzlikka kiruvchi uch nafar tennischi bor. 10 yil oldin Serbiya terma jamoasiga qarshi bahs yuritganmiz. Tennischilar haqida gapiradigan bo'lsam, Dushan Layovich asosan qumli kortlarda yaxshi o'yin ko'rsata oladigan tennischi hisoblanadi. Qolaversa, Troicki ham kuchli va tajribali sportchidir. Jokovich? Ular shundoq ham kuchli tarkib bilan Toshkentga kelishgan.


«Devis Kubogi»ning yangi formati haqida

Fikrimcha, bu yaxshi bo'ldi. Oldingi formatda tennischilar birinchi kun besh setlik o'yin o'tkazib, ketidan juftlik bahslarida kortga chiqardilar. Uchinchi kungi uchrashuv ham besh setga cho'zilishi mumkin. Bunday holatda tiklanish qiyin bo'lardi. Yangi format muxlislar uchun bilmadimu, lekin tennischilar uchun yaxshi bo'lishi mumkin.


Jo'rabek Karimov jarohatidan qutildimi?

Jo'rabek dekabr oyida jarohat olgandi. U ayni paytda tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Uning Serbiyaga qarshi o'yindagi ishtiroki haqida ertaga aniq malumot bera olamiz.

10 yil oldingi uchrashuv haqida

Serbiyaliklarga qarshi 10 yil oldin to'qnash kelgandik. O'shanda men Viktor Troickiga qarshi uzoq o'yin o'tkazgandim. 5 setlik asabiy uchrashuv bo'lgandi. Denis esa Tipsarevichga qarshi bahs yuritgandi. Juftlikda ham imkoniyatni boy bergandik. Bu endi o'tmishda qoldi. Bugungi O'zbekiston terma jamoasi 10 yil oldingisi bilan farq qiladi, ancha tajriba to'plaganmiz. Bu safar faqat va faqat g'alaba uchun kortga chiqamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing