27 sen 08:21
Yangiliklar
Futbol

Fati 323 kundan so'ng maydonga tushib, "Levante" darvozasiga gol urdi
"Barselona" klubi Ispaniya chempionatining 7-turida "Levante"ni mag'lub etdi - 3:0.
Jiddiy jarohati tufayli deyarli bir yilni o'tkazib yuborgan kataloniyaning yosh vingeri Ansu Fati zaxiradan maydonga tushdi. Asosiy vaqtda u "ko'k-anorranglilar"ning uchinchi golini urdi.
Hammasi bo'lib Fati 323 kunni o'tkazib yubordi. SHu kungacha u oxirgi marta o'tgan yilning 7 noyabrida maydonga tushgan. Lionel Messi klubni tark etgach, 18 yoshli futbolchi "Barselona"da 10-raqam sohibiga aylandi.
Havola :
Fikrlar