10 jan 13:33
Yangiliklar
Futbol
Fati Ispaniya Superkubogi tarixidan joy oldi
Ansu Fati yana bir rekord natija qayd etdi.
“Barselona” vingeri Ansu Fati “Atletiko”ga qarshi Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o'rin olgan bahsning 88-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Fati maydonga tushgan vaqti 17 yosh 70 kunlik edi. SHu tariqa Ansu Ispaniya Superkubogida maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Malumot uchun, bundan avvalgi rekord ham “Barselona” futbolchisi Nano Rodiloga tegishli edi. U 1999 yilgi superkubokda maydonga tushganida 17 yosh 117 kunlik bo'lgan.
Havola :
Fikrlar