22 jan 12:25
Yangiliklar
Futbol
Fatining qancha muddatga safdan chiqqani aytildi
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati "Atletik" (2:3)ga qarshi Ispaniya Kubogi 1/8 final doirasidagi o'yinda olgan jarohati bo'yicha tibbiy tekshiruvdan o'tdi.
19 yoshli ispan operaciya borasida bir qarorga kelishi kerak. Agar jarrohlik amaliyoti o'tkazilsa, o'yinchi uch oygacha bo'lgan vaqtni o'tkazib yuboradi.
Oldinroq klub matbuot xizmati Fatida chap son mushagi bilan bog'liq jarohatni xabar qilgan edi. Fati joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Havola :
Fikrlar