So’nggi yangiliklar

17:44Ян Диоманденинг "Реал"га трансфери мадридликларга 230 миллион еврога тушади 0 17:08Бу факт: Нурсултон Рўзибоев UFC'да энг узун ғалабали сериядаги тўрт жангчидан бири! 0 16:35US Open 2026. Бугун Раҳимова, эртага Тимофеева асосий тўрдаги иштирокини бошлайди 0 16:01Гусковнинг мураббийи: "Мағлубият сабабини биламан" 0 15:36"Ман Сити" "Ливерпуль" футболчисига 99 млн таклиф қилишга тайёр — Романо 0 15:03"Барча Умар Нурмагомедовни бўлажак чемпион деб ҳисобларди, нима бўлганини кўрдингизми?" - Сонг Ядонг 0 14:31"ММАга қайтиш учун энди қарилик қиламан" - Забит Магомедшарипов 0 13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0

20 sen 18:12
Yangiliklar

Tennis

"Faxriy" tennischi Do'stov "Ashxobod-2017" rasmiy sayti etirofida

Xabaringiz bor, o'zbekistonlik tennischi Farrux Do'stov Turkmanistonda bo'lib o'tayotgan Osiyo o'yinlarida ishtirok etmoqda.

Turnir rasmiy sayti o'zbekistonlik tennischi haqida maqolani muxlislar etiboriga havola etdi.

"O'z vaqtida dunyoning eng kuchli 100 tennischisi orasiga kirgan sportchining ishtiroki tashkilotchilarda o'zgacha taassurot qoldirmoqda", - deya boshlangan maqola.



"2015 yilgi Devis kubogi bahslaridan so'ng sportchi jarohat olgan va o'sha jarohati uning faoliyatiga yomon tasir ko'rsatgandi. Ushbu jarohat Farruxni 9 oy "o'yindan tashqari holat"da qolishga majbur qildi.

Jarohat sabab u o'z o'yin uslubini o'zgartirishi lozim edi. 31 yoshga kelib u yana katta sportda o'z omadini sinab ko'rmoqda.U ATR reytingidagi o'rnini yo'qotib qo'ygan. Lekin, baribir dunyo tennis olamida o'z o'rnini qaytarib olmoqchi. Va u buni jarohatiga halal bermaydigan yangicha uslubida amalga oshirishi lozim bo'ladi. Farrux Ashxoboddagi turnirda ishtirok etayotgan tennischilar orasida "faxriy" hisoblansada, yoshlarga hos kuch va g'ayrat bilan ilk davrada filippinlik raqibi Jeson Patrombonni 7:5, 6:2 hisoblarida mag'lubiyatga uchrata oldi. Dunyoning 98-raqamli tennischisiga buning uchun 58 daqiqa etarli bo'ldi.



"Men hayotimda bu yigitlarga qarshi hech qachon to'qnash kelmaganman. Lekin, ular g'alaba uchun oxirigacha kurashadilar. Ularni xato qilishga majbur qilish uchun sen oxirigacha kurashishing lozim. Sportchilarning tayyorgarlik saviyasi men tanaffusdaligimda sezilarli darajada oshdi.

Yuztalikka qaytishim mumkinmi? Barcha narsaning iloji bor. SHunchaki bunga ishonish lozim. Yosh shunchaki oddiy raqamlar", - deydi Do'stov.


"Ashxobod-2017" rasmiy sayti asosida Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing