15 dek 16:10
Yangiliklar
Faxriylar bilyard musobaqasida o'zaro kuch sinashishdi
Unda uzoq yillar o'zbek sporti rivoji yo'lida o'z kuchini safarbar qilgan faxriylarimiz sportning ushbu turi bo'yicha o'zaro bahs olib borishdi.
Mamlakat bilyard federaciyasi tomonidan sportimiz tarixida birinchi Snuker klubi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan turnirda O'zbekiston sport faxriylari kengashi rahbariyati, shuningdek MOQ faxriylari ham ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga ko'ra eng yaxshi natijani SHavkat Mahmudov qayd etgan bo'lsa, Sardor Mirzajonov ikkinchi, Murod Inoyatov esa uchinchi o'rinni egallashdi. Takidlash joiz, musobaqada ishtirok etgan eng kichik qatnashchi 56 yoshni qarshi olgandi.
O'zbekiston bilyard federaciyasi raisi O'tkir Komilov tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg'alarini topshirar ekan, sport targ'iboti yo'lida ko'rsatayotgan davomiy faolliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirdi.
Fikrlar