So’nggi yangiliklar

14:22Warsaw Veteran European Cup. Тўрт дзюдочимизнинг бари олтин медаль қўлга киритди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 14:01Проф боксчимиз Москвадаги турнирнинг асосий жангида ғалаба қозонди 0 13:40Суперкомпьютер кечаги учрашувдан сўнг АПЛ учун чемпионлик фоизларини ўзгартирди 0 13:19Афруза Ҳамдамова — Жаҳон чемпиони! 0 12:58Дана Уайт Ульбергнинг жароҳатидан сўнг ярим оғир вазн камари тақдири нима бўлишини айтди 0 12:37Деметриус Жонсон Чимаевнинг ўзига хос жиҳати ҳақида гапирди 0 12:16Пеп Доннарумма хатоси ҳақида: "Ҳусанов Хавертцга қарши агрессивроқ ўйнаши керак эди" 0 11:55Лайма Владсон Шарм Эл-Шейхда ўтган турнир ғолиб бўлди + ФОТО 0 11:34Хамзат Чимаев Олимпиада чемпионларига 200 000 доллар ваъда қилди 0 11:13Баҳодир Жалолов ва Шаҳрам Ғиёсов Туркияда Биволнинг жамоаси билан бирга шуғулланмоқда (ВИДЕО) 0 10:52Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 10:31Мюнхен (ATP 500). Бен Шелтон бош соврин соҳиби! 0 10:10Велотрекчиларимиз Гонгконгдаги Жаҳон кубогида қатнашади 0 09:49Қозоғистонлик теннисчи фаолиятидаги 13-соврин, Porsche Carrera 911 S ҳамда 160 000 еврога эга чиқди 0 09:28Лига 1. ПСЖ ўз уйида "Лион"га мағлуб бўлди + ВИДЕО 0

21 fev 14:29
Yangiliklar

Faxriylar ezozda. Sportimiz taraqqiyoti yo'lida faxriylarning maslahati va boy tajribasidan keng foydalaniladi

Teglar :  Faxriylar
O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'zbek sportida yorqin iz qoldirgan sport faxriylari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Jasur Matchanov, faxriylar kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov va boshqa faxriylarimiz ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda qatnashgan faxriylarimiz orasida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan murabbiylar, erkin kurash bo'yicha faxriylar o'rtasida 3 karra jahon chempioni Aleksandr Istomin, og'ir atletika bo'yicha jahon rekordchisi Erkin Karimov, shuningdek, Erkin G'iyosov, Arslon Elov, Azamjon SHokirjonov, Rashid Isyanov, professorlar Fikrat Kerimov, Hamroqul Rafiev va yana ko'plab taniqli sport fidoyilarini ko'rishimiz mumkin edi.

"Ushbu uchrashuvni tashkil qilishdan maqsad ko'pni ko'rgan, katta tajribaga ega bo'lgan faxriylarimiz bilan diydorlashish, ularning takliflarnini, muammolarini eshitishdir. O'zbek sportining rivoji uchun barchamiz birlashib, ahil oiladek ishlashimiz lozim. Buning uchun o'z ishimizni bilib qilishimiz, jipslashishimiz talab etiladi", - dedi Komiljon Xudoyberganov.


So'zga chiqqan faxriylar milliy kurashimizga etiborni kuchaytirish, yoshlar sportining asosi bo'lgan talabalar ligasini qayta tiklash, yangi uslublarni qo'llash uchun ilmiy-nazariy kengash tashkil qilib, u erda ilmiy-metodik qo'llanmalarni yaratish haqida takliflar bildirishdi. SHuningdek, aholi o'rtasida jismoniy madaniyat talimini oshirishda hali kerakli ishlar olib borilishi zarurligi takidlandi.

"Yurtimizda jismoniy tarbiya va sport talimini kuchaytirishimiz kerak. Aholi o'rtasida sport haqida etarli bilim bo'lsagina nimadir qila olishimiz mumkin. Ahir bunday bilim bilan yoshlarimizni qanday qilib sportga jalb eta olamiz?" - dedi professor Hamroqul Rafiev. Qolaversa, malakali kadrlar tayyorlash ham bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi qayd etildi. 

O'z o'rnida, Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov taklif va mulohazalarini bildirgan barcha faxriylarga minnatdorchilik bildirdi. U mazkur takliflarni o'rganib chiqishini va albatta amalda qo'llashini aytib o'tdi.

Malumot uchun, MOQ Prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko'ra, sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov MOQ Prezidenti maslahatchisi sifatida ham faoliyat ko'rsatadigan bo'ldi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing