23 noy 12:01
Yangiliklar
Tennis
Fayziev “Astana CHellenjer”ida birinchi raketkaga yutqazdi
Qozog'istonning Astana shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “CHellenjer” turkumidagi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Astana Challenger “Capital Cup” turnirining asosiy to'r bahslarida ishtirok etayotgan to'rt nafar tennischimizdan biri Sanjar Fayziev ikkinchi davra uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi.
Terma jamoamiz azosi turnirning birinchi raketkasi, yaponiyalik Yoshixito Nishiokaga 2:6, tay-brekda 6:7(8:10) hisobida imkoniyatni boy berdi. Fayziev ilk davrada hindistonlik Sasi Kumar Mukunddan ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida ustun kelgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar