01 avg 19:40
Yangiliklar
Tennis

Fayziev CHexiyada argentinalik tennischiga qarshi kortga chiqdi
Hozirgina mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Liberec shahri mezbonlik qilayotgan turnirdagi ilk davra uchrashuvini yakunladi.
Hamyurtimiz “CHellenjer” turkumiga kiruvchi ushbu musobaqaning birinchi bosqichida argentinalik Agustin Velottiga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 2 daqiqa davom etgan bahsda Velotti 6:2, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, 25 yoshli Velotti dunyo reytingida 256, 23 yoshli Fayziev
esa 263-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar