11 iyu 15:02
Yangiliklar
Tennis

Fayziev CHexiyadagi ishtirokini g'alaba bilan boshladi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Pardubice shahri mezbonlik qilayotgan musobaqadagi ishtirokini boshladi.
Turnirning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Fayziev turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti. Hozirgina u ilk davra uchrashuvini o'tkazdi.
CHexiyalik Robin Stanekka qarshi kortga chiqqan tennischimiz 1 soatu 35 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibini 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etdi. Fayziev dunyo reytingida 265, Stanek esa 565-o'rinni egallab turibdi. Endi Sanjar ikkinchi davrada avstriyalik Nenad Vladusich bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar