13 iyu 10:20
Yangiliklar
Tennis

Fayziev CHexiyadagi turnirda chorak finalga chiqdi
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev CHexiyaning Pardubice shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada o'zining ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi.
Turnirning mukofot jamg'armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Fayziev turnirda ikkinchi raqam ostida harakat qilyapti. U ikkinchi davra uchrashuvida avstriyalik Nenad Vladusichga qarshi kortga chiqdi.
CHorak final chiptasi
uchun kechgan bahsda hamyurtimiz raqibidan 6:2, 6:4 hisobida ustun keldi. Fayziev
birinchi bosqichda chexiyalik Robin Stanekni 6:4, 7:5 hisobida mag'lub etgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar