30 mar 11:40
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Manamada kortga chiqishdan bosh tortdi
Bahrayn poytaxti Manama shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollaridan iborat bo'lgan turnirda hamyurtimiz Sanjar Fayziev musobaqaning uchinchi raqamli tennischisi sifatida harakat qilayotgandi.
Fayziev asosiy to'rning ilk davra uchrashuvida filippinlik Ruben Gonsalesni mag'lubiyatga uchratgandi. Afsuski, chorak final chiptasi uchun kechishi kerak bo'lgan bahsda u kortga chiqmadi.
Tennischimiz ikkinchi bosqich uchrashuvida slovakiyalik Nik Razborsek bilan to'qnash kelishi kerak edi. Ehtimol, Fayzievni jarohati bezovta qilgandir.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar