19 iyu 12:50
Yangiliklar
Tennis

Fayziev Polshadagi "CHellenjer" turnirida kortga chiqdi
Polshaning Poznan shahrida “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 64 000 evroni tashkil qiluvchi ushbu musobaqada hamyurtimiz Sanjar Fayziev ham ishtirok etdi. Afsuski, mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ilk davradayoq mag'lubiyatga uchrab, Poznan turniridagi ishtirokini yakunladi.
Sanjar Fayziev yakkalik bahslarining ilk davrasida polshalik Kamil Maychzrakka qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 14 daqiqa davom etgan uchrashuvda mezbon tennischi 6:2, 6:4 hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar