08 okt 12:30
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/4703_220.jpg)
Fayziev – Shymkent Open turniri vice-chempioni!
Qozog'istonning CHimkent shahrida tennis bo'yicha sovrin jamg'armasi 10 ming AQSH dollaridan iborat Shymkent Open turniri yakunlandi.
Hozirgina ushbu musobaqaning hal qiluvchi final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Bosh mukofot uchun kortga turnirning to'rtinchi raketkasi, hamyurtimiz Sanjar Fayziev hamda musobaqada uchinchi raqam ostida harakat qilgan rossiyalik Ivan Gaxovlar kortga chiqishdi.
Ikki soatu 45 daqiqa davom etgan uchrashuvda Gaxov 6:2, 5:7, 6:2 hisobida zafar quchib, bosh mukofotni qo'lga kiritdi. Fayziev yarim finalda turnirning ikkinchi raketkasi, rossiyalik Aleksandr Igoshindan 1:6, 6:2, 7:6(1) hisobida ustun kelgandi.
19 yoshli Ivan Gaxov esa yarim finalda hamyurti, musobaqaning birinchi raqamli ishtirokchisi Ivan Nedelkoni 7:6(0), 4:6, 6:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar