05 mar 13:22
Yangiliklar
Tennis
Fayziev va Fomin "Devis Kubogi"ning ikkinchi kunida O'zbekistonni oldinga olib chiqdi
Toshkent shahridagi Olimpiya zahiralari tennis maktabida tennis bo'yicha erkaklar jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan "Devis Kubogi" birinchi jahon guruhi, pley-off bosqichi doirasida O'zbekiston - Turkiya uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina jamoalar o'rtasida juftlik bahsi yakunlandi. Sanjar Fayziev/ Sergey Fomin va Altug CHelikbilek/ Yanki Erel o'rtasidagi uchrashuvda vakillarimiz 6/2, 6/4 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston hozircha 2:1 hisobida oldinga chiqib oldi. Oldinda 2 ta yakkalik o'yini bor.
Bir necha daqiqalardan so'ng Sanjar Fayziev Altug CHelikbilekka qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar
Так держать