22 sen 14:55
Yangiliklar

Fayziev va Sultonov CHimkent turniri yarim finalida
Xabar berganimizdek, ushbu turnirning asosiy tshhr bahslarida bir yo'la to'qqiz nafar tennischimiz o'z ishtirokini boshlagandi. Ulardan ikki nafari yarim finalga etib keldi.
Turnirning birinchi raketkasi sifatida qayd etilgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev chorak finalda rossiyalik Danila Arsenovni 6:3, 6:2 hisobida mag'lub etdi. Uning final ostonasidagi raqibi turnirning 4-raketkasi estoniyalik Vladimir Ivanov bo'ladi.
Ivanov chorak finalda terma jamoamizning yana bir azosi Jo'rabek Karimovni 6:1, 6:4 hisobida taslim etdi. Yana bir yosh tennischimiz Humoyun Sultonov esa hamyurtlarimizdan biri SHarobiddin Abzalovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi - 6:2, 6:0.
Sultonov ikkinchi bosqichda turnirning uchinchi raketkasi rossiyalik Viktor Baludani 7:6(5), 6:3 hisobida engib, o'ziga xos shov-shuv ko'targan edi. Humoyun final chiptasi uchun rossiyalik Ivan Davidovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar