04 iyu 10:15
Yangiliklar
Tennis

Fayzievning Germaniyadagi ilk raqibi chernogoriyalik tennischi
Bugun Germaniyaning Saarluis shahrida tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlanadi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi Saarland Open 2017 musobaqasida hamyurtimiz Sanjar Fayzievning ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi ushbu turnirning birinchi raqamli tennichisi sifatida saralangan. Qura natijasiga ko'ra, Fayziev ilk davrada chernogoriyalik Rrezart CHunguga qarshi kortga chiqadigan bo'ldi.
Taqqoslash uchun, Sanjar Fayziev dunyo reytingida 265, 18 yoshli CHungu esa 886-o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar