20 iyu 20:48
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/227525_220.jpg)
Fazliddin G'oibnazarov, Miraziz Mirzaxalilov va yana bir necha bokschimiz Toshkentda jang o'tkazishi kutilmoqda
13 avgust kuni Toshkent shahrida professional boks oqshomi tashkil etilishi kutilmoqda.
"Humo Arena"da tashkil etiladigan jang oqshomida Fazliddin G'oibnazarov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Mujibillo Tursunov, Jasurbek Latipov, Farrux Arslonov kabi bokschilarimiz ringga ko'tariladi.
Boxer TV telegram kanali malumotiga ko'ra, jang oqshomi Lift Promotions kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Olamsport.com manbalari xabariga ko'ra, ushbu promouterlik kompaniyasiga G'ofur Rahimov homiylik qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar