28 dek 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA, Futbol

Fazliddin G'oibnazarov O'FF prezidenti bilan uchrashdi
Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschi Fazliddin G'oibnazarov O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi.
"O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdim. Biz yurtimiz futboli bilan bog'liq vaziyat va uning kelajagi haqida suhbat o'tkazdik. Suhbatdan so'ng futbolimiz kelajagi ishonchli qo'llarda ekanligini tushundim.
Umid aka, siz yaxshi inson va ajoyib rahbarsiz. Siz bilan tanishganimdan xursandman. Sizga sog'liq, faoliyatingizda esa ulkan zafarlar tilab qolaman", - deb xabar qoldirgan Fazliddin Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Fikrlar