10 fev 08:21
Yangiliklar
Tennis

Fed Cup. Bugun O'zbekiston - Indoneziya uchrashuvi bo'lib o'tadi
Bahraynda ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan “Federaciya Kubogi” (FedCup) turniri o'tkazilmoqda.
Iroda To'laganova murabbiyligidagi vakilalarimiz “A” guruhida ishtirok etib, Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalarini mos ravishda 2:0 va 3:0 hisoblarida mag'lub etishgan edi.
Bu bilan guruhda birinchi o'rinni egallagan O'zbekiston ayollar terma jamoasi final yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Bugun terma jamoamiz ikkinchi guruh g'olibasi bo'lgan indoneziyalik tennischilarga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, terma jamoamiz tarkibidan Sabina SHaripova, Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova va Yasmina Karimjonova joy olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar