21 iyu 17:00
Yangiliklar

Fed Cup. Indoneziya mag'lub etildi, keyingi bosqichdamiz!
Bungacha ikki o'yin natijasiga ko'ra hisob 1:1 ko'rinishiga kelgandi.
Kutilmaganda Nigina Abduraimova Laviniya Tanantaga 4:6, 3:6 hisobida yutqazib qo'ydi. Nigina WTA reytingida 208, Tananta esa 1061-o'rinni egallab turgani etiborga molik holat.
Ikkinchi uchrashuvda birinchi raketkamiz Sabina SHaripova Beatris Gumulyani 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi. SHaripova dunyo reytingida 145, Gumulya esa 790-pog'onadan joy olgan.
Juftliklar bellashuvida esa Nigina Abduraimova hamda Oqgul Omonmurodova juftligi Rompies/Sutjiadiga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisoblarida g'alaba qozondi.
Yakunda Indoneziya terma jamoasidan 2:1 hisobida ustun keldi.
Endi vakillarimiz ertaga Gonkong terma jamoasi sportchilariga qarshi jang qiladilar.
Fikrlar