21 iyu 15:45
Yangiliklar

Fed Cup. O'zbekiston - Indoneziya 1:1, g'olib juftlikda aniqlanadi
Iroda To'laganova murabbiyligidagi O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruhning dastlabki ikkita uchrashuvida Turkmaniston va Yangi Zelandiya tennischilarini mag'lub etishgandi. Bugun qizlarimiz Indoneziya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishyapti.
Hozirgacha yakkalikdagi ikkita uchrashuv yakunlandi.
Kutilmaganda Nigina Abduraimova Laviniya Tanantaga 4:6, 3:6 hisobida yutqazib
qo'ydi. Nigina WTA reytingida 208,
Tananta esa 1061-o'rinni egallab turgani etiborga molik holat.
Ikkinchi uchrashuvda birinchi raketkamiz Sabina SHaripova Beatris Gumulyani 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi. SHaripova dunyo reytingida 145, Gumulya esa 790-pog'onadan joy olgan. Endi uchrashuv g'olibi juftliklar bellashuvida aniqlanadi.
Fikrlar