19 iyu 11:57
Yangiliklar

Fed Cup. O'zbekiston - Turkmaniston 2:0. Sabina va Kamolada g'alaba
Tojikistonning Dushanbe shahrida o'tkazilayotgan mintaqaviy bahslarda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti. Iroda To'laganova murabbiyligidagi qizlarimiz bugun Turkmaniston terma jamoasiga qarshi bahsni boshlashdi.
Hozirgina yakkalik bahslaridagi ikkita uchrashuv yakunlandi. Avvaliga Kamola Umarova raqibasi Jahona Bayramovani 47 daqiqa davom etgan uchrashuvda 6:2, 6:0 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi bahsda esa birinchi raketkamiz Sabina SHaripova Guljan Muhamedkulievadan 6:1, 6:0 hisobida ustun keldi. Bu uchrashuv 43 daqiqa davom etdi.
Birozdan so'ng Oqgul Omonmurodova va Nigina Abduraimova juftliklar bellashuvida Bayramova dam Muhamedkulieva hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.
Fikrlar