30 jan 16:39
Yangiliklar
Tennis
Fed Cup. Qozog'iston ITFga rad javobini berdi
Xitoyda o'tkazilishi rejalashtirilgan ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblangan Fed Cup turniri koronavirus sabab bekor qilingan edi.
Xalqaro tennis federaciyasi (ITF) Federaciya kubogi mezbonligini Xitoyning Dunguan shahridan Qozog'istonning Nur-Sultan shahriga ko'chirishni taklif etgandi. Ammo Qozog'iston tomoni bu taklifga rad javobini berdi.
Qozog'iston sporti rasmiylari, xususan hukumat koronavirusni mamlakat hududiga kirib kelishining oldini olish maqsadida shunday qarorga kelgan. Hozirgacha ushbu virus sabab Xitoyda 132 kishi vafot etgan, 6 mingdan ziyod aholi koronavirus tashxisi bilan shifokorga murojaat qilgan.
Havola :
Manba : GoTennis
Fikrlar