09 fev 08:51
Yangiliklar
Tennis

Fed Cup. Yangi Zelandiya mag'lub etildi, endigi raqibi - Indoneziya!
Bahraynda ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan “Federaciya Kubogi” (FedCup) turniri o'tkazilmoqda.
Iroda To'laganova murabbiyligidagi vakilalarimiz “A” guruhida ishtirok etishdi. Ular ilk uchrashuvda Livan terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelishgandi. Kecha Yangi Zelandiya terma jamoasi 3:0 hisobida mag'lub etildi.
Guruhda birinchi o'rinni egallagan O'zbekiston ayollar
terma jamoasi endi ikkinchi guruh g'olibasi bo'lgan indoneziyalik tennischilarga
qarshi kortga chiqadi. Bu uchrashuv ertaga o'tkaziladi. Jamoamiz tarkibidan Sabina
SHaripova, Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova va Yasmina Karimjonova joy
olgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar