08 fev 09:42
Yangiliklar
Tennis

FedCup. Bugun O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bo'lib o'tadi
Bahraynda ayollar terma jamoalari o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan “Federaciya Kubogi” (FedCup) turniri o'tkazilmoqda.
Iroda To'laganova murabbiyligidagi vakilalarimiz “A” guruhida ishtirok etishyapti. Ular ilk uchrashuvda Livan terma jamoasidan 2:0 hisobida ustun kelishdi. Yangi Zelandiya terma jamoasi ham Livanni mag'lub etdi. Bugun Isa shahrida har ikki g'olib jamoa o'zaro o'yinda to'qnash kelishadi.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibidan Sabina
SHaripova, Nigina Abduraimova, Oqgul Omonmurodova va Yasmina Karimjonova joy
olgan. Sabina dunyo reytingida 194, Nigina 322, Oqgul 382-o'rinda qayd etilgan.
Raqib jamoa tarkibida eng yuqori reyting ko'rsatkichiga Jeyd Lyuis ega -1047-o'rin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar