22 iyu 15:48
Yangiliklar
Tennis

FedCup. Qizlarimiz Gonkongga yutqazishdi
Qiz tennischilar o'rtasidagi norasmiy jahon chempionati hisoblanadigan Federaciya kubogida tennischilarimiz Gonkong terma jamoasiga qarshi o'yin o'tkazishdi.
Iroda To'laganova sardorligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugun gonkonglik raqiblariga qarshi to'qnash kelishdi.
Ilk o'yinda Oqgul Omonmurodova CHon Vongni 6:2, 6:4 hisoblarida mag'lubiyatga uchratib, jamoamizni oldinga olib chiqqandi. Ikkinchi o'yinda esa mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi hisoblanadigan Sabina SHaripova CHjan Linga 4:6, 1:6 hisoblarida yutqazdi.
Juftlik bahslarida esa Abduraimova/Omonmurodova tandemi CHong/Ip kabi tennischilarga qarshi kortga chiqishdi. 2 soat 14 daqiqa davom etgan o'yinda vakillarimiz 7:6, 3:6, 3:6 hisoblarida mag'lubiyatga uchradilar.
SHu tariqa O'zbekiston - Gonkong qarama-qarshiligida vakillarimiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdilar.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar